Fuqarolari O’zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo’lgan mamlakatlar soni yana 20taga ko’paydi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Manba: mfa.uz

Hujjat bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab 20ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Ushbu mamlakatlar:

1. Antigua va Barbuda

2. Barbados

3. Beliz

4. Grenada

5. Dominikan Respublikasi

6. Meksika Qo‘shma Shtatlari

7. Gvatemala Respublikasi

8. Gonduras Respublikasi

9. Kosta-Rika Respublikasi

10. Kuba Respublikasi

11. Nikaragua Respublikasi

12. Panama Respublikasi

13. Trinidad va Tobago Respublikasi

14. El-Salvador Respublikasi

15. Sent-Vinsent va Grenadina

16. Sent-Lyusiya

17. Bagam Orollari Hamdo‘stligi

18. Dominika Hamdo‘stligi

19. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

20. Yamayka

Shuningdek quyidagi davlatlar fuqarolari uchun ham alohida tartib joriy etilgan:

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. Andorra, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Bruney-Dorussalom, Buyuk Britaniya, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Indoneziya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Kanada, Kipr, Koreya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Luksemburg, Malayziya, Malta, Mo‘g‘uliston, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, San-Marino, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Vatikan, Vengriya, Xorvatiya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chernogoriya, Chexiya, Chili fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday turdagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushbu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 16 yoshga to’lmagan xorijiy fuqarolar uchun O’zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi o’rnatilgan, bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

4. Tojikiston, Turkmaniston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi, Hindiston va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Estoniya,Kuvayt, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya va Turkiya (90 kungacha) diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Ushbu davlatlarning (Hindistondan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. Chet el fuqarolariga elektron kirish vizasi tartibi (e-visa.gov.uz) joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasi elektron vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati (jami 77 ta):

Albaniya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angola Respublikasi, Antigua va Barbuda, Bagama Orollari Hamdo‘stligi, Bahrayn Qirolligi, Bangladesh Xalq Respublikasi, Barbados, Beliz, Butan Qirolligi, Dominikana Hamdo‘stligi, Dominikana Respublikasi, Ekvador Respublikasi, El-Salvador Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Fiji Respublikasi, Filippin Respublikasi, Gabon Respublikasi, Gana Respublikasi, Gayana Kooperativ Respublikasi, Gonduras Respublikasi, Grenada, Gvatemala Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi, Janubiy Afrika Respublikasi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi  , Kabo-Verde Respublikasi, Kambodja Qirolligi, Kamerun Respublikasi, Kiribati Respublikasi, Ko‘p millatli Boliviya Davlati, Kolumbiya Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Kosta-Rika Respublikasi, Kot-d’Ivuar Respublikasi, Kuba Respublikasi, Kuvayt Davlati, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Livan Respublikasi, Makedoniya Respublikasi, Maldiv Respublikasi, Marokash Qirolligi, Marshall Orollari Respublikasi, Mavrikiy Respublikasi, Meksika Qo‘shma Shtatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Misr Arab Respublikasi, Nauru Respublikasi, Nepal Federativ Demokratik Respublikasi, Nikaragua Respublikasi, Palau Respublikasi, Panama Respublikasi, Paragvay Respublikasi, Peru Respublikasi, Qatar Davlati, Samoa Mustaqil Davlati, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Senegal Respublikasi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadin, Seyshel Orollari Respublikasi, Solomon Orollari, Surinam Respublikasi, Tailand Qirolligi, Tonga Qirolligi, Trinidad va Tobago Respublikasi, Tunis Respublikasi, Urugvay Sharqiy Respublikasi, Vanuatu Respublikasi, Venesuela Bolivar Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi (jumladan Gonkong), Yamayka, Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi, O‘mon Sultonligi

6. O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish va 5 kungacha bo‘lish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan:

Albaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Antigua va Barbuda, Bagama, Bahrayn, Barbados, Beliz, Butan, Dominika, Dominikan Respublikasi, Ekvador, Ekvatorial Gvineya, Fiji, Filippin, Gabon, Gayana, Gonduras, Grenada, Gvatemala, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Jazoir, Kolumbiya, Kosta-Rika, Kuvayt, Livan, Makedoniya, Maldiv orollari, Marokash, Mavrikiy, Meksika, Nauru, Palau, Panama, Peru, Qatar, Sant-Kits va Nevis, Saudiya Arabistoni, Sent Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadina, Seyshel Orollari, Surinam, Tailand, Trinidad va Tobago, Tunis, Turkmaniston, Urugvay, Venesuela, Vetnam, Xitoy (jumladan Gonkong), Yamayka, Shri-Lanka, O‘mon.

Bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga O‘zbekiston Havo yo‘llari Milliy aviakompaniyasining uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O’zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo’lovchilarga nisbatan qo’llaniladi;

Leave a Comment